O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazida talabalar uchun ma’rifat darsi tashkil etildi
Mazkur darsni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov olib bordi. Uchrashuv davomida yoshlarning ma’naviyati, zamonaviy ta’limning dolzarb masalalari, ilmiy izlanishlar hamda ijodiy rivojlanish jarayonlari haqida fikr almashildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi hamkorlik aloqalariga oid ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ularning fikr-mulohazalari tinglanib, kelgusi ta’lim jarayonida yangi maqsadlar sari intilish, ilm olish va shaxsiy rivojlanishda faol bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ta’kidlash joizki, universitetda rektor tomonidan bunday “Ma’rifat darsi” muntazam ravishda tashkil etilib, pedagogik jamoaning bilim va tajribasini oshirishga xizmat qilmoqda.