18-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning professor-o‘qituvchilari hamda olim va olimalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv davomida rektor ilmiy va pedagogik sohalarda erishilgan yutuqlarni e’tirof etib, professor-o‘qituvchilar va olimlarga minnatdorchilik bildirdi. Ta’lim sifatini oshirish, innovatsion metodlarni joriy etish va ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish borasidagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Ilm-fan va ta’lim taraqqiyotida fidokorona xizmat qilayotgan professor-o‘qituvchilar, olim va olimalarning mehnatini qadrlash maqsadida, rektor ularni planshetlar bilan taqdirladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube