O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Zakovat” intellektual haftaligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

 

2025-yilning 26–30-may kunlari Toshkent shahridagi “Zakovat arena”da oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual klubi tomonidan o‘tkaziladigan “Intellektual haftalik”ning Respublika bosqichida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ham ishtirok etadi.

 

Musobaqa oldidan, 16-may kuni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Zakovat” jamoasi a’zolari bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbatlashdi, jamoaning tayyorgarligi bilan qiziqdi va kelgusi bosqichda ularga omad tiladi. Rektor intellektual salohiyatli talabalarni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyorligini ta’kidladi.

 

 Universitet nomidan ishtirok etadigan jamoa tarkibi:

Jalolov Xurshidbek – jamoa sardori, Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 4-kurs
Iskandarova Diyora – a’zo, Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 4-kurs
 G‘furov Ulug‘bek – a’zo, Sharq filologiyasi fakulteti, 4-kurs
Abduraimova Madina – a’zo, Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 4-kurs
 Isroilov Mazaffar – a’zo, Xalqaro jurnalistika fakulteti, 3-kurs
 O‘rolboyev Shaxzodbek – a’zo, Xalqaro jurnalistika fakulteti, 3-kurs
 Abdullayev Humoyun – zahira a’zosi, Ingliz filologiyasi fakulteti, 3-kurs

 


 Lapasov Nizamiddin – jamoa murabbiyi

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube