O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bahorgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda
2024/2025 o‘quv yilining bahorgi semestri uchun yakuniy nazorat imtihonlari universitetda tasdiqlangan jadval asosida belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda.
Talabalar imtihonlarni maxsus testlarga mo‘ljallangan kompyuter xonalarda, shaffof va adolatli muhitda topshirishmoqda.
Imtihon davomida talabalarning mobil qurilmalardan foydalanishi qat’iyan taqiqlangan bo‘lib, barcha jarayonlar videokuzatuv tizimi va nazoratchilar tomonidan muntazam nazorat ostida olib borilmoqda.
Bu esa bilimlarni baholash jarayonida xolislik va ochiqlikni ta’minlash, talabalar bilimiga adolatli baho berish imkonini yaratmoqda.
Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib, baholash adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha talabalarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!