O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida fransuz tili bo‘yicha test va og‘zaki imtihon bo‘lib o‘tdi.
Imtihon jarayonlari Toshkentdagi Fransuz alyansi direktori Dilshod Axmedov, madaniyat sohasidagi loyihalar uchun mas’ul Eleonor Ventura va administrativ masalalar bo‘yicha maslahatchi Jan-Klod Byujong tomonidan nazorat qilib borildi.
Saralash natijasida 1 nafar talaba 2025-yil yozida 1 oy muddatga Fransiyaga til malakasini oshirish uchun grant yutib olish imkoniga ega bo’ladi.
Shuningdek, imtihon davomida Frankofoniya tashkiloti va Nitsa shahridagi Fransuz alyansi tomonidan fransuz tili o‘qituvchilari uchun maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etilishi haqida ma’lumot berildi.