Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
Bugun, 14-iyul kunidan boshlab OʻzDJTUda kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi.
Ayni damda imtihon jarayonlarining insho yozish va suhbat bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Abituriyentlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Ularning ota-onalariga ham jarayonni online kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Ma’lumot uchun: OʻzDJTUda 14-iyuldan 17-iyulga qadar 60320200 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar hamda 60320100 – Xalqaro jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.