23-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi dissertatsiya muhokamasi oʻtkazildi.
Ilmiy seminarda Raximova Shahnoza Pulatovnaning 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarning diskurs kompetensiyasini takomillashtirishning multimadaniy aspentlari. (Ingliz tili yoʻnalishi)” маvzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyaning muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Oflayn va Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etilgan seminarda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ham ishtirok etdi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.