O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun, 17-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilhomjon To‘xtasinov rahbarligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida:
-2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari;
- “Ma’rifat dars”larini tashkil etish va nazoratga olish;
- Talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalar sharoitlarini o‘rganish;
- HEMIS tizimida darslarni qayd etish va talabalar davomatini nazorat qilish;
- Ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro reytinglarda universitet o‘rnini mustahkamlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda QS World University by Subject Rankings 2025 natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Linguistics” yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasidan 251-o‘rinni egallagani yana bir bor e’tirof etilib, ushbu yutuq uchun universitet rahbariyati vakillariga minnatdorchilik bildirildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida ilmiy maqolalar sonini oshirish, xalqaro reytinglarda universitet o‘rnini mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha muhim muhokamalar o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida universitet oldida turgan ustuvor vazifalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.