Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma'sullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig’i Jo'rayev Anvar Zaparovich, O’zDJTU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori V.Sadiyev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo'yicha boʻlim boshlig'i B.Eshbekov, Saida Yo'ldoshbekova, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev hamda Roman-german filologiyasi fakulteti dekan H.Hakimov ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ekspert tomonidan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yangi avtobus yo'nalishi yo’lga qo’yilishi, avtobuslarning oraliq masofalarini kamaytirish va katta sig'imli avtobusga almashtirish haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarning avtobuslar qatnoviga “Apps” ilovasi yordamida baho berishi orqali muammolarni hal qilish mumkinligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, savol va takliflar bilan o‘rtoqlashdi.