O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Tadbir Navro‘z bayramiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilib, universitet hududi yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etdi.
Tadbir davomida:
- 20 ta kashtan va 20 ta Qrim archa daraxti ekildi;
- Daraxtlar oqlanib, ularga maxsus parvarish ishlari amalga oshirildi;
- Universitet atrofi tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi;
Aksiyada universitet rahbariyati vakillari, kommunal xizmat xodimlari, suv-ta’minoti va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi ishchilari, duradgorlar, talabalar turar joyi xodimlari, o‘quv binosi xodimlari, tyutorlar va talabalar faol ishtirok etishdi.