Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zamonaviy koʻp madaniyatli makonda mutaxassislik taʼlimi va kasbiy taʼlim” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjuman AQSHning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo va Osaka universitetlari, Xitoyning Pekin chet tillar universiteti, Italiyadagi L.Bokkoni nomidagi tijorat universiteti va Milan davlat universiteti, Turkiyaning Ankara, Istanbul va Gazi universitetlari, Hindistonning Kalikut universiteti, Rossiya davlat gumanitar universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Povoljsk davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti, Qozon federal universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti va boshqa nufuzli oliy taʼlim muassasalari hamkorligida tashkil etildi.
Anjumanning ochilish marosimida Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Abdurahim Nosirov, Rossiya Federatsiyasi Prezident huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi Chelyabinsk filiali lingvistika va kasbiy kommunikatsiyalar kafedrasi mudiri Viktoriya Borisovna Sharonova hamda OʻzDJTU ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Yakubovich Yusupov kirish soʻzi bilan ishtirok etdi.
Anjumanning asosiy yoʻnalishlari:
• Mutaxassis kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda zamonaviy metodlar va texnologiyalar.
• Raqamli taʼlim va taʼlimning dolzarb masalalari.
• Koʻp madaniyatli makonda zamonaviy tilshunoslik.
• Til, madaniyat va adabiyotning zamonaviy tendensiyalari.
• Madaniyatlararo muloqot va uning zamonaviy ahamiyati.
Anjuman ishini toʻrtta shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettirdi.
Shoʻbalar boʻyicha taqdimotlar:
I Shoʻba: Tilshunoslikning dolzarb masalalari
II Shoʻba: Madaniyatlararo muloqot konstruktiv muloqot sifatida
III Shoʻba: Til, madaniyat, adabiyot: zamonaviy tendensiyalar va muammolar
VI Shoʻba: Madaniyatlararo muloqot konstruktiv muloqot sifatida
Ushbu xalqaro anjuman ilmiy-amaliy fikr almashish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish va yangi ilmiy tadqiqotlar uchun muhim platforma boʻldi. Ishtirokchilar tajriba almashish jarayonida dolzarb masalalarni tahlil qilishdi va taʼlim jarayoniga oid ilgʻor metodlar bilan tanishishdi.