"O‘zbekiston osmonida porlagan yulduz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
O'zDJTU Ingliz tili uchinchi fakultetining 1-bosqich 2418-guruh talabasi Madaminova Mohinabonu tashabbusi bilan Aleksandr Faynberg hayotiga bag‘ishlangan "O‘zbekiston osmonida porlagan yulduz" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Fakultet tyutori M.Allamova va Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Baxtigul Xo‘jamova boshchiligida o‘tkazilgan ushbu tadbirda talaba yoshlar uchun shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Talabalar tomonidan Faynberg she’rlarini badiiy chiqishlar orqali ijro etilishi tadbir ishtirokchilarida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ijodiy salohiyatni rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qildi.
Tadbir davomida talabalar o‘rtasida savol-javob viktorinasi ham tashkil etildi. Viktorinada faol qatnashgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.