Joriy yilning 3-may kuni O’zDJTU Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, boʻlim mudirlari Sh.Ismailova,S.To‘xtayev Abdulla Qodiriy uy-muzeyida boʻldi. 

OʻzDJTUning bir qator olimlari I.M.Tuxtasinov, U.R.Yo‘ldoshev, A.A.Hamidov tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, “Oʻtkan kunlar” romanlaridan besh nusxadan muzeyga hadya qilindi. 

Universitet rahbariyati tomonidan taqdim etilgan kitoblarni muzey direktori Xondamir Qodiriy qabul qildi va minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, asarlar tarjimasi haqida suhbatlashildi.

2024-06-06 11-01

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi