23-avgust kuni OʻzDJTU da dissertatsiya ishlarining ilmiy seminar muhokamasi oʻtkazildi. 

Unda Atashikova Nilufar Anarmatovnaning 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Iqtisodchi-talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda janr yondashuvi (ingliz tili materiallari asosida)” маvzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Oflayn va Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etilgan seminarda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich ham ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube