19-aprel kuni O'zDJTU da “ONA YER YOSHLAR QO'LIDA" shiori ostida Yoshlar bilan muloqot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni universitet prorektori Chutpulatov Muhammadjon Choriyevich ochib berdi. 

Tadbirda Uchtepa tumani Mudofaa  ishlari boʻlimi boshligʻi X.Hakimov, Mudofaa vazirligi  faxriysi R.Boyemmirzayev, Toshkent shahar harbiy prokurori yordamchisi Adliya patpalkovnigi A.Qurbonov, Veteranlar kengashi raisi patpalkovnik O.Raximovlar ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchilari tomonidan qo'shiq ijro etildi.
Universitetning sport maydonchasida harbiylarimiz tomonidan ko'rgazmali chiqishlar boʻlib oʻtdi. Talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollarini  mehmonlarga berib, munosib tarzda javob oldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube