O‘zDJTU delegatsiyasi Indoneziya Respublikasining rasmiy diplomatik tadbirida ishtirok etdi

O‘zDJTU delegatsiyasi Indoneziya Respublikasining rasmiy diplomatik tadbirida ishtirok etdi.

2026-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Siti Ruhaini Dzuhayatin xonim tomonidan tashkil etilgan tantanali qabul marosimida ishtirok etdi.
Mazkur tadbir Indoneziya Respublikasi Xalq Maslahat Kengashi Raisi Ahmad Muzani janoblarining O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan tashkil etildi.

 



Universitet nomidan tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor Abduraxim Nosirov, Ingliz tili 1-fakulteti dekani Guli Ergasheva hamda universitet professori Azimjon Yo‘ldashev ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va diplomatik vakolatxonalar bilan aloqalarni mustahkamlash borasidagi faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube