O‘zDJTU delegatsiyasi Turkiyaning Pamukkale universitetida ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirmoqda

O‘zDJTU delegatsiyasi Turkiyaning Pamukkale universitetida ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirmoqda

Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari G‘. Mamatov, R. Xolmuradov, Z. Zamonov va T. Axmedov Turkiyaning Denizli shahrida joylashgan Pamukkale universitetida qisqa muddatli malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda fakultetlar va kafedralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Delegatsiya a’zolari universitetning kutubxonalari, ilmiy markazlari va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda.

Shuningdek, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari ijtimoiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan seminar-treninglarda ma’ruzalar bilan ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Tashrif davomida Pamukkale universiteti huzuridagi Sotsial bilimlar instituti rahbariyati va bo‘lim boshliqlari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar chog‘ida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda hammualliflikda maqolalar chop etish, tahrir hay’atlarida hamkorlik qilish hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarni birgalikda tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube