Bugun O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti talabalari ota-onalari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Muloqot avvalida, Ingliz tili 1-fakulteti dekani Akmal Yuldashev mehmonlarni fakultetning professor-o'qituvchilari va tyutorlari bilan tanishtirdi.

Dastur davomida talabalarning bo'sh vaqtlarida ishlash masalasi, universitet  odob-axloq qoidalari, HEMIS tizimi  imkoniyatlari, universitetda kiyinish etikasi, radikalizm, diniy ekstremizmdan yoshlarni himoya qilish mavzularida suhbatlashildi. Talabalarning  ota-onalari tomonidan savollar va takliflar berilib, muhokama qilindi.

Fakultet tadbirlarida faol bo'lib  kelayotgan hamda a'lo o'qishi va namunali xulqi bilan o'rnak  ko'rsatayotgan talabalarning ota-onalariga fakultet tomonidan  tashakkurnomalar taqdim etildi. 

2024-01-26 04-29

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi