26-yanvar kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat koʻchasi 4-uy manzilidagi hududida boʻlib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan yangi Madaniyat markazini koʻzdan kechirdi.
Qurilish-taʼmirlash ishlarining oxirga yetganligi va ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonlari bilan qiziqdi.
Shuningdek, hududdagi foydalanishga topshirilishi kutilayotgan sport zali bilan ham tanishdi. Yangi binolarning ochilishidan avval amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar xususida oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.