Joriy yilning 6-dekabr kuni O’zDJTU Sharq filologiyasi fakultetida xotin-qizlar bo'yicha dekan maslahatchisi P.Azimova tashabbusi bilan "Biz zoʻravonlikka qarshimiz, sharqona gender tenglik" va "Konstitutsiya bosh qomusimiz" mavzularida seminar-maʼruza boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda O‘zbekistondа xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, "Ma'rifat" targʻibotchilari aʼzosi,  falsafa fanlari doktori, professor, genderolog Jamila Tashpoʻlatovna ishtirok etdi. Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev ochib berdi.

Tadbir davomida gender tenglik masalasi, sharq ayolining latofati, ayolning oiladagi, jamiyatdagi roli xususida ma’lumotlar berildi, shuningdek oiladagi zoʻravonliklar haqida ham fikr bildirildi. Shu bilan birga talabalar orasida kuchli motivatsion psixologik treninglar o‘tkazildi. Ushbu interaktiv metodlar orqali tashkillashtirilgan trening talabalarimizning kelgusi qiladigan ishlariga katta motivatsiya boʻldi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube