O‘zDJTU talabalar turar joyida “Miss Spring” tanlovi bo‘lib o‘tdi!

 

4-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-TTJ binosida talaba-qizlar o‘rtasida “Miss Spring” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu bahoriy go‘zallik va mahorat kechasida universitet rahbariyati va mehmonlar ishtirok etdilar.

 

 

Tanlovni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi. Talaba-qizlar o‘z iste’dodlarini namoyish etib, nafosat va zakovat borasida o‘zaro bellashdilar.

 

 Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlandi:
 1-o‘rin – Abduxalilova Moxro‘yo
 2-o‘rin – Omonova Guli
 3-o‘rin – Komilova Gulsanam

 

 G‘oliblarga universitet rektori tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube