11-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabulga bag'ishlangan offline sessiya boʻlib oʻtdi.
Dasturda OʻzDJTU xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.Nasirov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Sh. Ismatova, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslari boshqaruvchi direktori H.Allaberganov, Business Development boʻyicha mutaxassis A.Xasanov va universitetning 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslari vakillari oʻz taqdimotlarini namoyish etib, talabalarga kurslar uchun tashkil etiladigan tanlov haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim qildi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, oʻz taklif-mulohazalarini bildirishdi.
Ma’lumot uchun: Kurs tanlovida qatnashish uchun dscience.uz sayti orqali hujjat topshirish talab etiladi. Tanlov g‘oliblari kurs davomida Toshkent shahrida tahsil olib, 1 mahal issiq ovqat, 1 320 000 so'm miqdordagi moddiy ta’minot, noutbuk, internet, darsliklar va amaliyotchi mutaxassislar yordamidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Kurslar orqali “Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 15-sentyabr soat 23:59 gacha.