O'zDJTU va ACQUIN o'rtasida strategik hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro ta'lim standartlari sari muhim qadam tashladi. Joriy yioning 4-mart kuni OʻzDJTU vakillari va Germaniyaning nufuzli ACQUIN Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti o'rtasida videomuloqot shaklida rasmiy uchrashuv o'tkazildi.

 

 

Dastur davomida Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.A.Nosirov universitet ta'lim dasturlarini xalqaro miqyosda tan olinishini ta'minlash strategiyasini taqdim etdi. O'zDJTU vakillari mavjud yo'nalishlarning xalqaro standartlarga mosligi bo'yicha batafsil ma'lumot berishdi. ACQUIN Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Jasmine Rudolph rahbarligidagi ekspertlar guruhi akkreditatsiya jarayonining mezonlari, baholash bosqichlari va zarur hujjatlar haqida tushuntirish berib, O'zDJTU dasturlarini baholash bo'yicha aniq takliflar taqdim etdi.

 

Tomonlar xalqaro akkreditatsiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish, dastlabki baholash va tayyorgarlik ishlarini tashkil etish yuzasidan o'zaro kelishuvga erishdilar. 

Uchrashuv yakunida hamkorlikni rivojlantirish va keyingi uchrashuvlar jadvalini belgilash masalalari muhokama qilindi.

 

Bu hamkorlik O'zDJTU bitiruvchilarining xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish va universitetning jahon ta'lim maydonidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube