OʻzDJTU vakilining Moskvadagi xizmat safari doirasida yangi ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Hallieva shu kunlarda Moskva shahrida xizmat safarini amalga oshirmoqda.

 

 

Safar davomida Rossiya Fanlar akademiyasiga qarashli “Jahon adabiyoti” instituti bilan akademik hamkorlik o‘rnatildi. Shuningdek, OʻzDJTU vakili Anton Chexov ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etib, mazkur institut tadqiqotchilariga “Komparativistika” fanidan ma’ruza o‘qidi.

Dastur davomida 1–2-iyul kunlari Moskva davlat universitetining “Markaziy Osiyo xalqlari” kafedrasi bilan hamkorlikda Rossiya – O‘zbekiston xalqaro qo‘shma tanlovi uchun mavzu tanlanib, birgalikda tanlovda ishtirok etishga kelishildi.

Bundan tashqari, MDU turkolog professorlari bilan talabalar uchun onlayn dars mashg‘ulotlari asosida ta’lim tizimimizga investitsiya kiritish masalasi muhokama qilindi.

O‘zDJTU ilmiy jamoasi xalqaro miqyosdagi bunday hamkorliklarni kelgusida ham davom ettiradi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube