Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаzirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining oliy ta’lim muassasalaridagi (mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar) Ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari saylovini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha topshirigʻi ijrosini ta’minlash maqsadida
2025-yil 10-sentyabr kuni OʻzDJTU Yoshlar yetakchiligiga nomzodlarni saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Dastur davomida universitet fakultetlaridan taklif etilgan nomzod talabalar oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etib, oʻz bilim-koʻnikmalari, salohiyat va tajribalarini namoyon qildi.
Yakunda nomzodlar OʻzDJTU rahbariyati vakillari tomonidan tuzilgan hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan belgilangan tartibda baholanib, saralab olindi.