O‘zDJTUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston “Adolat” SDP Markaziy apparati hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

 

 

Tadbirda O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullari, Ichki ishlar vazirligi xodimlari, Xalq deputatlari Uchtepа tuman Kengashi deputatlari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
- O‘zbekistonda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar
- “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati
- Zo‘ravonlikka qarshi huquqiy choralarni kuchaytirish va jamoatchilik e’tiborini bu  muammoga qaratish
- Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga berilayotgan himoya orderining ahamiyati

Tadbir yakunida kelgusi rejalar belgilandi:

- Mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish
- Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini jadallashtirish
- Jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

- Zo‘ravonlikka qarshi kurash – har birimizning burchimiz!

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube