O‘zDJTUda Farmon Toshev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2025-yil 17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida taniqli shoir, nosir, jamoat va davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev Is’hoqovich bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berar ekan, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning yoshlar dunyoqarashi va kasbiy shakllanishidagi o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

 

Uchrashuvda Xalqaro jurnalistika fakultetining Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar hamda Siyosiy fanlar kafedralari professor-o‘qituvchilari va talabalar faol ishtirok etdi.

Farmon Toshev suhbat davomida o‘zining adabiy faoliyati, jurnalistikadagi tajribasi hamda publitsistik qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u o‘z ijodiga mansub 15 nomdagi kitobni universitet kutubxonasiga sovg‘a qildi.

 

Jonli muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv mehmonning hayotiy kuzatuvlari va fikrlari bilan boyib, talabalar uchun katta motivatsiya manbaiga aylandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube