O‘zDJTUda “Rektor va yoshlar uchrashuvi” davom etmoqda
8-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Rus filologiyasi fakulteti hamda Tarjimonlik fakultetining kechki ta’lim yo‘nalishi birinchi kurs talabalari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Tadbir davomida rektor talabalarga universitetdagi ta’lim jarayoni, xalqaro hamkorlik dasturlari, ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari hamda talabalarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u yoshlarni bilimli, izlanuvchan, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lishga chaqirdi.
Uchrashuvda fakultet dekanlari, prorektorlar hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, talabalarning o‘quv jarayoni, turar joy, amaliyot va boshqa masalalarga oid savollariga javob berdilar.
Mazkur uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalarga universitet hayotiga tezroq moslashish, rahbariyat bilan bevosita fikr almashish va o‘z takliflarini bildirish imkoniyatini yaratdi.