Joriy yil 9-sentabr kuni O’zDJTUda Toshkentdagi Goethe instituti Til bo‘limi boshlig‘i Dildora Muxammadaminova, institutning “Maktabler: Kelajak hamkorlari” tashabbusi koordinatori Simon Krechmer va Til bo‘yicha hamkorlik bo‘limi mas’ul xodimi G‘ayrat Xafizovlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida 2024-yil 7-8-noyabr kunlari ushbu institut, DAAD tashkiloti va Germaniya elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zDJTUda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Nemis tili o‘qituvchilari XVII anjumani”ning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov universitetda zikr etilgan anjumanni yuqori saviyada o‘tkazish uchun munosib sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.