O‘zDJTUda “Zamonaviy tilshunoslik istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
20-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti tomonidan “Zamonaviy tilshunoslik istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Tadbirni universitet rektori, professor Ilhomjon Tuxtasinov ochib berdi. O‘z ma’ruzasida zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritdi.
Ushbu anjumanda turli xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tilshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiya Zoom platformasi orqali ham onlayn shaklda o‘tkazilib, xorijdagi ishtirokchilarning faol qatnashishiga imkon yaratildi.
Anjumanda quyidagi mehmonlar va mutaxassislar ilmiy chiqishlar bilan ishtirok etdi:
Fakultet dekani, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Baxram G‘ulyamovich Kulmatov
Gunadarma universiteti (Indoneziya) Adabiyot va madaniyat fakulteti dekani Dr. Ichwan Suyudi
Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorod lingvistika universiteti “Перспективные исследования русского языка в современном мире” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent Makshantseva Natalya Veniaminovna
Akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti Sharq tillari fakulteti dekani Ehsonzoda Malohat Ehson
Dovletmamed Azadiy nomidagi Turkman milliy jahon tillari instituti kafedra mudiri Mirodova Gurbangul
T. Ermatov nomidagi Bishkek musiqa-pedagogika instituti “Pedagogik ta’lim va texnologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Isayeva Cholpon Erikovna
Ingliz tili 2-fakulteti ingliz tili nazariy aspektlar kafedrasi o‘qituvchisi Sirajudeen Mullapalli
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari milliy tadqiqot universiteti ingliz tili kafedrasi dotsenti Begov Fayzullo Rahmatullayevich
Anjuman quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazildi:
Zamonaviy tilshunoslik: nazariy va amaliy yondashuvlar
Til va jamiyat: sotsiolingvistik, psixolingvistik va madaniy aspektlar
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tilshunoslikda
Anjuman ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish va tilshunoslik sohasidagi yangi yo‘nalishlarni muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.