O‘zDJTUning 6 ta talabalar turar joyi tekshirildi
Qishki ta’tildan so‘ng talabalarning O‘zDJTU talabalar turar joylariga qaytishi jarayoni bosqichma-bosqich boshlandi. Mazkur jarayon doirasida universitetga qarashli 6 ta TTJ holati ko‘zdan kechirildi.
Hozirgi kunga kelib TTJlarga joylashgan talabalar soni quyidagicha:
• 1-TTJ — 25 nafar
• 2-TTJ — 80 nafar
• 3-TTJ — 30 nafar
• 4-TTJ — 30 nafar
• 5-TTJ — 53 nafar
• 6-TTJ — 27 nafar talaba, shuningdek 11 nafar malaka oshirish kurslarida qatnashayotgan o‘qituvchilar
Jami talabalar soni: 245 nafar
Talabalarning TTJlarga joylashuvi, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi hamda xavfsizlik masalalari O‘zDJTU profilaktika katta inspektori, mayor Sherboyev Sanjar Tillaqobilovich tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Mazkur nazorat ishlari talabalarning qishki ta’tildan so‘ng o‘qish jarayoniga xavfsiz va tartibli qaytishini ta’minlashga qaratilgan.