27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyuldagi 415-qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 22-avgustdagi 321-sonli buyrug‘i — “Oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda 2025/2026-oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamkorligida tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarning uchinchi kuni samarali mashg‘ulotlarga boy bo‘ldi.

Kun davomida ikki muhim modul bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi:

“O‘quv mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy nazoratlar, davlat yakuniy attestatsiyalarini baholash va o‘tkazilishi” modulini O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Ibragimov Nuriddin Talibovich olib bordi. Mashg‘ulot davomida nazorat shakllari, baholash mezonlari va attestatsiya jarayonining zamonaviy talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

   

“Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalari va shtatlar jadvalini shakllantirish” modulida esa O‘quv-uslubiy ta’minot bo‘limi metodisti Xo‘jikulov Shukrullo Qodirovich amaliy seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi. Unda yuklama turlari, o‘qituvchilarning ish haqi bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi.

Ishtirokchilar o‘z amaliy faoliyatida zarur bo‘ladigan hujjatlar va me’yorlar bilan yaqindan tanishdilar, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim bo‘lgan dolzarb bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube