“Raqamli davrda xalq diplomatiyasi” mavzusida ilmiy seminar
19-aprel kuni O‘zbekistondagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Raqamli davrda xalq diplomatiyasi” nomli ilmiy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar xalqaro hamkorlik, zamonaviy raqamli texnologiyalar va ommaviy kommunikatsiya vositalari orqali diplomatik aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Ushbu nufuzli anjumanda OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti “Siyosiy fanlar” kafedrasi Xalqaro munosabatlar ta’lim yo’nalishi talabalari Niyazaliyev Inomjon, Nasulloyev Dilshod, Tirkashev Muhammad Umar, Boysarov Nurali, Shermamatov Samandar faol ishtirok etib, seminarni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun sertifikat bilan taqdirlandi.