Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimi Alijon Xoʻjayev, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Muhammad Chutpoʻlatov Uchtepa tumani Zakovat ko’chasida joylashgan talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mas’ullar tomonidan talabalarning boʻsh vaqtida shugʻullanadigan mashgʻulot xonalari, oshxona va turar joy isitish tizimi koʻzdan kechirilib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy nosozliklarning oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalar berib oʻtildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube