Rektor Ilxomjon Tuxtasinov Turkiyaga yo‘l oladigan delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 2026-yil 5–17-iyul kunlari Turkiyaning Konya shahridagi Selchuk universiteti hamda Denizli shahridagi Pamukkale universitetida malaka oshirish dasturida ishtirok etadigan universitet delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida xizmat safari dasturi, malaka oshirishning asosiy maqsad va vazifalari, xorijiy hamkor universitetlar bilan ilmiy-akademik aloqalarni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda universitet nufuzini xalqaro maydonda munosib namoyon etish masalalari muhokama qilindi.
Rektor delegatsiya a’zolariga safar davomida o‘zlashtiriladigan ilg‘or tajribalarni universitet faoliyatiga samarali tatbiq etish, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy va ta’lim salohiyatini munosib namoyish etish yuzasidan tavsiya va topshiriqlar berdi.
Malaka oshirish dasturi doirasida ishtirokchilar ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida qatnashish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish, kutubxonalar va ilmiy markazlar faoliyati bilan tanishish hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlarda ishtirok etadilar.
2026-07-07 09-09