O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni mas’ul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.


Shunga ko‘ra, O‘zDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lgan, e’tibor talab etuvchi yoshlar biriktirilgan.

11-oktabr  kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, universitet rahbariyati vakillari rektorga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi “Katta Cho‘pon Ota” mahallasida istiqomat qilayotgan og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi.

Rektor ko‘makka muhtoj yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashdi. O‘tgan uchrashuvda noutbukka ehtiyoji borligini bildirgan yosh bilan mahalla binosida uchrashib, unga zarur bo‘lgan noutbukni taqdim etdi. 

Shuningdek, har bir yoshga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yordam tariqasida taqdim etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube