4-mayda O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti tomonidan «Fan. Madaniyat. Til: Nazariya va amaliyotning dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Dasturni O’zDJTU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ochib berdi.
Konferensiyada yurtimizdagi nufuzli oliygohlardan kelgan professor- ustozlar, fakultet talabalari o’zlari tanlagan mavzularda nutq soʻzladi.
Anjuman zamonaviy tarjimashunoslik, qiyosiy va chogʻishtirma tilshunoslik, chet tili ta'limining dolzarb mummolari, chet tilini o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar, fanda yaratilgan innovatsiyalar, tajriba va yutuq, roman-german tilshunoslikning dolzarb masalalari, mutaxasislik fanlarini o'qtishda xorijiy til va tarjimaning o'rni masalalari, kompyuter va korpus lingvistikasi, xorijiy tillarni oʻqitishda zamonaviy uslublar, raqamli texnologiyalar kabi dolzarb mavzularga bagʻishlandi.