Rossiyaning bir qator shaharlarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
2025-yil 19–22-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A. Matyakubov hamda Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimi Marks Abdullayev Rossiya Federatsiyasiga xizmat safarini amalga oshirib, xorijiy abituriyentlarni jalb etish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.
Xususan, delegatsiya a’zolari Vladikavkaz, Beslan va Ma'danli suvlar shaharlaridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, O‘zDJTU faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ilmiy-uslubiy hamkorlik va madaniy almashinuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.