Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etib kelinmoqda.

 

Ushbu Ma’rifat darslari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlarida ham muntazam tashkil qilinmoqda. 

Bu hafta davomida fakultetlararo oʻtgan dasturlarda professor-oʻqituvchilar hamda tyutorlarga fakultet dekanlari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ahamiyatini talaba-yoshlarga yetkazish, har bir talabani vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim ekanligini ta’kidlanib, yurtimizda kuzatilayotgan eng muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklari haqida ma’lumot berildi, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo’lgan videoroliklar taqdim etildi.

Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube