Sergeli tumani 104-umumta'lim maktabidagi ingliz tili toʻgaragi doirasida faoliyatlar davom etmoqda
2026-yilning 17-yanvar kuni Ingliz tilini oʻqitish metodikasi N1 kafedrasidan oʻqituvchi Mardonova Mohinbonu tomonidan oʻtkazilgan darsda oʻquvchilar bilan oʻrganilgan mavzularbi takrorlashga e'tibor qaratildi.
Ushbu darsda oʻquvchilar yangi grammatika mavzularini chuqurroq tushunish uchun interaktiv o'yinlar oʻynashdi. Bu oʻyinlar yordamida ularning darsga boʻlgan qiziqishi yanada oshdi va bilish koʻnikmalari rivojlandi.
Uyga berilgan vazifalar ustida ishlagan vaqtda, oʻquvchilar grammatika qoidalarini amaliy ravishda qoʻllashga harakat qildilar. Har bir oʻquvchiga o'z bilimlarini mustahkamlashda yordam berish maqsadida og'zaki va yozma mashqlar berildi.
Eng muhimi, oʻquvchilar oʻtilayotgan mazular orqali oʻzlarining bilimlarini yanada mustahkamlab, mashgʻulot davomida faollik koʻrsatdilar. Bu darslar oʻquvchilarimizning ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirmoqda va ularni kelajakda muvaffaqiyatli ta’lim olishlariga poydevor boʻlmoqda.