Sergeli tumani 104-umumta’lim maktabidagi ingliz tili to‘garagi doirasidagi mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda

2026-yil 31-yanvar kuni ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi o‘qituvchisi Mardonova Mohinbonu tomonidan o‘tkazilgan darsda o‘quvchilarga navbatdagi yangi mavzu tushuntirildi va mavzuni amaliy misollar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar “In & on prepositions for place” grammatika mavzusini chuqurroq anglash uchun faol ishtirok etdilar. Interaktiv o‘yinlar va mashqlar dars jarayonini yanada jonlantirib, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi.

Uyga berilgan topshiriqlarni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar nazariy bilimlarni amaliy qo‘llashga harakat qildilar. Har bir ishtirokchining bilimini mustahkamlash maqsadida og‘zaki va yozma mashqlar tashkil etildi.

Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini namoyon etib, yuqori faollik ko‘rsatdilar va keyingi darslarga katta qiziqish bilan tayyorlanish istagini bildirdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube