Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli bakalavr hamda magistrlari talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Alisher Navoiy, Islom Karimov) tanlovlari uchun hujjatlarni qabul qilish ishlari davom etmoqda.
12-iyun kuni Tarjimonlik fakulteti dekani U.R.Yo'ldoshev, Ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini M.N.Musabekova, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedra mudiri J.R.Abduganiyeva, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra mudiri K.S.Qodirova va TING2109-guruh U.Abdushukurova, V.Shukurova, Sh.Sharofova hamda TARB2143-guruh talabalari Z.Meliqo‘ziyeva, F.Meliqo‘ziyevalar bilan birgalikda nomzod iqtidorli talabalarga hujjatlarini toʻgʻri shakllantirilishi uchun kerakli tavsiyalarni berib oʻtdi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir talabaga omad tilashdi.