So‘nggi yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan universitetning nufuzini yanada oshirish, ta’lim sifatini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirib borish, talabalarga, jumladan xorijiy mamlakatlar fuqarolariga chuqur bilim berish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. 

Shu o‘rinda professor-o‘qituvchilarimizning samarali mehnatini e’tirof etishimiz lozim. 

Joriy yilda bir qator xorijlik talabalarimiz o‘qishlarini muvaffaqiyatli tamomlab, qizil diplomlar olganligi fikrimizning dalilidir.

Aminmizki, kelgusida bu kabi ishlar jadallashtirilib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolar soni yil sayin ortib boradi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga xush kelibsiz!

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube