14-avgust kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari universitet talabalari istiqomat qilayotgan ijara uylarda bo‘lib, ularning shart-sharoiti bilan yaqindan tanishdi.

Talabalar bilan suhbatlashib ularning ehtiyoji va qanday muammolarga duch kelayotganligi bilan qiziqdi. Shu bilan birga ijara uy sohiblari bilan ham suhbatlashib, talabalarga imkon qadar yengillik va yaxshi sharoitlar yaratib berishini ta’kidlab, universitet bilan hamkorlik qilayotganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ma’lumot uchun: Universitetda tahsil olayotgan talabalar uchun bu yil universitet rahbariyati tomonidan 1300 dan ortiq ijara uylar bilan kelishuvlarga erishilgan  bo‘lib, universitet rahbariyati vakillari hamda rektor Ilxomjon Tuxtasinov har bir xonadonni ko‘zdan kechirib chiqishni maqsad qilgan.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube