O‘zDJTU rahbariyati talabalar yashash sharoitlarini o‘rgandi

10-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov va rahbariyat vakillari Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi Ingliz tili uchinchi va Tarjimonlik fakulteti talabalarining yashash sharoitlarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning turar joy shart-sharoitlari ko‘rib chiqildi. Elektr va gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha foydali maslahatlar berildi. 

Shuningdek, talabalar duch kelayotgan muammolar tinglanib, ularga yechim takliflari taqdim etildi.

Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube