Talabalar turar joyidagi vaziyat oʻrganildi.

14-iyun kuni O'zDJTUning talabalar turar joyiga Oliy sud raisi oʻrinbosari Sh.T.Polvonov, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sud raisi E. G. Xojakulov, Uchtepa tumani jinoyat ishlari boʻyicha sud raisi D.T.Kamilov, Uchtepa tumani IIOFMB D.M. Mirsadikovlar talabalar holatini oʻrganish maqsadida tashrif buyurdi

Tashrif davomida universitet rektori Ilhomjon Toʻxtasinov talabalarga yaratilgan sharoitlarga toʻxtalib, besh muhim tashabbus doirasida foydalanishga topshirilgan IT, sport, qizlar uchun tikuv xonalari va jihozlari haqida gapirib oʻtdi. Universitetda tashkillashtirilgan “Qalqon” guruhi haqida maʼlumot berib, ular TTJ osoyishtaligiga masʼul ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Uchtepa tumani bilan hamkorlikda qurilayotgan yangi talablar turar joyi haqida maʼlumot berdi.

2024-06-19 04-04

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi