Talabalar umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi
13–14-mart kunlari mamlakatimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ham hashar tadbirlarida ishtirok etib, universitet hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Hashar davomida hudud tozalandi, yashil maydonlar tartibga keltirildi hamda daraxtlar oqlandi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va obod muhitni yaratishga qaratilgan amaliy ishlarga boy bo‘ldi.