Mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida Fanlar akademiyasi Hayʼati va tegishli fan ixtisosliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan haqiqiy aʼzolarining tavsiyasiga asosan bir qator oliy taʼlim muassasalari rektor va professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻldi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasida mukofotlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi va unda O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov ham qatnashdi.
Taqdirlanganlar orasida OʻzDJTU rektori vazifasida faoliyat olib borgan, hozirda “Profi universiteti” nodavlat taʼlim tashkiloti rektori vazifasini bajarib kelayotgan Shaumarov Gʻayrat Bahromovich (Psixologiya fanlari bo'yicha) hamda OʻzDJTU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat olib borgan, hozirda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori hisoblangan Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich (Filologiya fanlari bo'yicha) kabi faxriy ustozlarimiz ham Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
OʻzDJTU jamoasi faxriy ustozlarimizni ushbu oliy ilmiy eʼtirofga sazovor boʻlgani bilan muborakbod etadi!
2023-12-26 01-59