Tarjimonlik fakulteti yangi o‘quv yiliga shay!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida 2026–2027-o‘quv yilini munosib kutib olish uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Fakultetning o‘quv auditoriyalari, umumiy foydalanish hududlari va boshqa zarur maydonlar yangi o‘quv yiliga mos holatga keltirilmoqda. Ta’mirlash, obodonlashtirish va tartibga keltirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Asosiy e’tibor talabalar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish va zamonaviy o‘quv jarayoni uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.
2026-08-10 04-38