Tarjimonlik fakultetida “Talant shou” o‘tkazildi

Tarjimonlik fakultetida iqtidorli talabalarni aniqlash va ularning bilim hamda salohiyatini namoyon etish maqsadida “Talant shou”  fakultet saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Tadbirda fakultetning faol va iqtidorli talabalari ishtirok etib, o‘z bilimlari va qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Mazkur tanlovda quyidagi talabalar ishtirok etdi:

Tursunboyeva Malika 
Norqulova Yulduz
To'ychiboyeva Nilufar 
G‘ulomjonov Maryam 
Toshmuxamedov Muhammadmuso 
Abdumalikova Diyora

Tadbir talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda tarjimonlik sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Tarjimonlik fakulteti — iqtidorlar maskani!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube